E-mail:psixolg@ssuv.uz
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI PSIXOLOGI
Psixolog faoliyati ta始lim xizmatlari sohasiga mansub bo始lib, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalash hamda talabaning har tomonlama garmonik, to始laqonli psixologik taraqqiyotini ta始minlovchi optimal shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilib qo始yadi.
Oliy ta始lim psixologining burchi talabaning intlektual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim, ko始nikma va malakalari, mutaxassislik xislatlarini shakllantirishdek muqaddas ishga o始zining munosib ulushini qo始shishdan iboratdir.
Psixolog o始zining talaba xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari, kasbiy bilimlari, talabalar va kattalar, tengdoshlari bilan o始zaro munosabat xususiyatlari, o始quv-tarbiya jarayonini tashkillashuviga tayanib, shaxsga individual yondashuv imkoniyatlarini beradi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, me始yordan chetlashishlarning ehtimolli sabablarini, psixologik-pedagogik korrektsiya qilish yo始llarini aniqlaydi. Bu bilan psixolog oliy ta始lim tizimida, o始quv tarbiya ishining maxsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Psixolog vazifasi
- psixoprofilaktik ishlar
- psixologik targ始ibot va ma始rifat
- psixodiagnostika
- psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya
- psixologik konsultatsiya
1. Psixoprofilaktika – Psixolog faoliyatining maxsus turi bo始lib, talaba va professor-o始qituvchilar uchun sog始lom psixologik muhit yaratish va ular shaxsining rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni ta始minlash hisoblanadi.
2. Psixologik targ始ibot va ma始rifat - talaba va pedagoglar jamoalarida eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus psixologik tadbirlar olib borish, pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish, talabalar bilan professor-o始qituvchilarning muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan pedagogik jamoalarda keng ko始lamda maslahatlar berish. Pedagogik jamoa a始zolaridagi psixologik zo始riqish va toliqishni yo始qotish, kamaytirish, ularning oldini olish uchun chora-tadbirlarni tarkib toptirishga ko始maklashish.
3. Psixodiagnostika - psixodiagnostik tadqiqotlar talabalarning o始qishi davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o始rganishga yo始naltirilgan bo始lib, ularning individual-psixologik xususiyatlarini, ta始lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo始ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o始tkaziladi.
4. Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlar - yo始nalishi psixologdan talaba, professor-o始qituvchilar shaxsi va intllektini rivojlantirish jarayoniga faol ta始sir o始tkazishni taqozo qiladi.
Ushbu yo始nalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:
- rivojlantiruvchi va psixokorrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg始uloti ayrim talabalar bilan alohida o始tkazilishi mumkin bo始lgan mashg始ulotlar rejalashtiriladi.
b) talabalarning har-bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta始sir o始tkazishga yo始naltirilgan bo始ladi;
v) ota-onalar pedagogik jamoalarga oliy ta始lim tizimi xodimlari ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg始ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
5. Psixologik konsultatsiya (maslahat) - talabalar ta始lim va tarbiyasi bilan shug始ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma始muriyat, professor-o始qituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish orqali amalga oshiriladi.