Biotexnologiya fakulteti "Biologiya, ekologiya va dorivor oʻsimliklar" kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan "Yosh biolog va ekologlar" toʻgaragining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirni kafedra mudiri, dotsent M.X. Begamatova ochib berdi. U o‘z nutqida to‘garak faoliyatining ahamiyati, iqtidorli talabalarni ilm-fanga jalb etishdagi roli va dorivor o‘simliklarning tibbiyot hamda ekologiyadagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, iqtidorli talabalar o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalarini namoyish etdilar. Ular dorivor o‘simliklarning biologik xususiyatlari, ularning inson salomatligiga ta’siri, shuningdek, ekologik muhitdagi o‘rni va ahamiyati haqida tayyorlagan taqdimotlarini ishtirokchilarga taqdim etdilar. Ilmiy chiqishlar davomida talabalar o‘z izlanuvchanligi, tahliliy fikrlashi va dolzarb mavzularni yoritish borasidagi faolliklari bilan e’tiborni tortdilar.
Tadbir so‘ngida to‘garak ishida faol ishtirok etgan iqtidorli yoshlar fakultet dekani A.A. Nurniyozov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Bu esa talabalar uchun katta rag‘bat va kelgusi ilmiy faoliyatlariga mustahkam turtki bo‘lib xizmat qiladi.