Biotexnologiya fakultetining "Biologiya, ekologiya va dorivor oʻsimliklar" kafedrasi professor-oʻqituvchilari tashabbusi bilan Samarqand tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari universitetga tashrif buyurishdi.
Bu tashrif ular uchun nafaqat ilmiy muhit bilan tanishuv, balki kelajak sari bir qadam bo‘ldi!
O‘quvchilar laboratoriyalar bilan yaqindan tanishib, zamonaviy asbob-uskunalar, tadqiqotlar, dorivor o‘simliklar olami va biologik tajriba jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. O‘quvchilarning ko‘zida esa – qiziqish, orzu va katta maqsadlar chaqnardi!
Kelajak ilmli yoshlarniki!
Universitet eshiklari siz uchun doim ochiq, aziz abituriyentlar!