Joriy yilning 21-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakultetida “O‘zbekistonda biologiya, ekologiya va qishloq xo‘jaligidagi muammolar hamda ularni yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda, Universitet rektori professor X.B.Yunusov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Farmon Toshev, M.Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston milliy universiteti professori L.A.Gafurova, Qoraqalpoq Tibbiy Fanlar ilmiy tadqiqot instituti direktori S.M Mambetullaeva, Biotexnologiya fakulteti dekani, dotsent , A.A. Nurniyozov va boshqa koʻplab professor-oʻqituvchilar mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tishi.