Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, dorivor o'simliklarning afzalliklarini aholi va shifokorlar orasida keng targ'ib qilish, dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlashda ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarining kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'yish va mustahkamlash maqsadida 2025-yil 28-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida "IBN SINO MEROSI" ko'rgazmasi boʻlib oʻtdi.
Unda, SamDVMCHBuniversiteting Biotexnologiya fakulteti "Biologiya, ekologiya va dorivor oʻsimliklar" kafedrasi professor-oʻqituvchilari, 3-bosqich "Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi" taʼlim yoʻnalishi talabalari va magistrlari ham munosib ravishda ishtirok etishdi.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan dorivor o‘simliklarning ahamiyati, ularning inson salomatligiga foydali ta’siri hamda xalq tabobatida qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.