FAXRIY USTOZLAR QOLDIRGAN BOY MA'NAVIY-ILMIY ME'ROSGA E'TIBOR - KELAJAKKA E'TIBOR




    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Xotira – abadiy, qabr - muqaddas! ” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga taklif etilgan faxriy mehmon va professor-oʻqituvchilar bu dargohda ishlab, umrini ilm rivojiga hissa qoʻshgan Veterinariya fanlari doktori, professor Hayitov Ro'zi Hayitovich, taniqli o'zbek olimi, parazitologiya sohasida dunyodagi etuk olimlardan biri, akademik Ergashev Erkin Hamidovich, biologiya fanlari doktori, professor Hamdamov Iskandar Hamdamovichlar nomiga ochilgan ma'naviy-tarixiy o'quv xonalari bilan tanishish barobarida ularning benazir ijodi va ibratli hayoti bilan bogʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishdi.