“EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING ZAMONAVIY YECHIMLARI” MAVZUSIDA OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI.




     Joriy yilning 19-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.B. Yunusov tomonidan Biotexnologiya fakulteti talabalari uchun “Ekologik muammolar va ularning zamonaviy yechimlari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

     Ushbu dars mashg‘uloti davomida professor X.B.Yunusov global iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhitning ifloslanishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kabi dolzarb muammolarni ilmiy asosda yoritib berdi. Ekologik muvozanatni saqlashda yoshlarning faolligi va ongli ishtiroki muhim ekanligini alohida ta’kidlandi.

     Mashg‘ulot davomida talabalar ekologik muammolarning yechimi bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Ochiq dars nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy yondashuvlarni ham qamrab olib, talabalar qalbida tabiatga nisbatan mas’uliyat hissini yanada mustahkamladi.