QOZOQISTON MILLIY AGRAR TADQIQOTLAR UNIVERSITETI O‘QITUVCHILARI UNIVERSITETDA




SamDVMCHBUning “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasiga TOP-1000 talikga kirgan xorijiy OTM Qozoqiston Milliy agrar tadqiqotlar universitetining “Fiziologiya, morfologiya va bioximiya” kafedrasining mudiri, dotsent, q.x.f.n. Isxan Kayrat Jalilovich va katta o‘qituvchi, PhD Muhiddinova Gulnara Ergaliyevna tashrif buyurishdi.

   Tashrif davomida dotsent Isxan Kayrat Jalilovich “Veterinariya meditsinasi” ta’lim yunalishi 2-bosqich talabalariga “Hayvonlar fiziologiyasi”, katta o‘qituvchi Muhiddinova Gulnara Ergaliyevna esa “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” ta’lim yunalishi 2-bosqich talabalariga “Hayvonlar patofiziologiyasi” fanlaridan ma’ruzalar o‘qishdi.  

   Mehmonlarni 28-may kuni universitetimiz rektori, professor X.B. Yunusov qabul qildi. Kafedra mudiri, dotsent Isxan Kayrat Jalilovich universitet rektori, professor X.B. Yunusovga “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasining mudiri, v.f.n., professor v.b., R.F.Ro‘ziqulov, dotsenti D.Eshimov, assistentlari: R.R.Mirsaidova, Sh.A.Babayevalarning Qozoqiston Milliy agrar tadqiqotlar universiteti professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda ingliz tilida yozib tayyorlangan va Almata shaxrida chop etilgan “Laboratory and practical manual on animal physiology” nomli o‘quv qo‘llanmasini taqdim etdi.

   Professor X.B.Yunusov ushbu o‘quv qo‘llanma ikkala universitet talabalarining bilim olishida va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida katta ahamiyatga ega ekanligini takidlab, uz minnatdorchiligini bildirdi.

   O‘z navbatida universitet rektori, professor X.B. Yunusov tarixiy va hamisha navqiron Samarqand shaxrini ifodalovchi sovg‘alarni Isxan Kayrat Jalilovich va Muhiddinova Gulnara Ergaliyevnaga taqdim etdi.