Universitetimiz professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari Samarqand shahrida, “Boqiy shahar” majmuasidagi Conference Hallda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Xitoy ikkinchi xududlararo “Zamonaviy qishloq xo‘jaligi hamkorlik” forumida ishtirok etishdi.
Forum doirasida ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot, innovatsion texnologiyalar va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir xalqaro tajriba almashinuvi, yangi loyihalar asosida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy yondashuvlar asosida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishga xizmat qiladi.