Universitetimizga Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasasi – Lanzhou Veterinary Research Institute, Chinese Academy of Agricultural Sciences (LVRI) delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet rektori professor X.B.Yunusov ishtirokida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish maqsadida quyidagi muhim hujjatlar imzolandi:
JOINT APPLICATION AGREEMENT – Qo‘shma loyihalar va grantlarda hamkorlik qilishni ko‘zda tutuvchi kelishuv.
MEMORANDUM OF UNDERSTANDING (MoU) – Ilmiy tadqiqotlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, tajriba almashish bo‘yicha umumiy hamkorlikni belgilovchi memorandum.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida “Infeksion va parazitar kasalliklar” yo'nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlikni amalaga oshirishni yo'lga qo'yish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrlarni ushbu ilmiy tadqiqot muassasasida bo'lib o'tadigan xalqaro konferensiya va malaka oshirib kelishni tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.
Mazkur hamkorliklar nafaqat ilmiy-tadqiqot salohiyatimizni oshiradi, balki xalqaro miqyosda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, yosh olimlar va mutaxassislarning rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi.