Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyida 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilari uchun “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!” shiori ostida diplom topshirish marosimi o‘tkazilib, diplom va medallar topshirildi.
Tantanali tadbirda SamDVMCHBU rektori, professor X.Yunusov ishtirok etdi. Litsey bitiruvchilarini ushbu kun bilan tabriklab, ularga diplom, sovg‘a, ota-onalariga esa tashakkurnomalar berdi.
Joriy o‘quv yilida akademik litseyni 170 nafar bitiruvchi tamomlamoqda. Shundan 4 nafari oltin, 2 nafari kumush medali bilan, 27 nafari esa imtiyozli diplom bilan yakunladi.
Bitiruvchilarning 71 nafari ikkita asosiy fandan sertifikat olgan bo‘lsa, 31 nafari 3-4 ta fandan sertifikat olishdi.