JANUBIY KOREYANING OLIY TA'LIM MUASSASALARI VA VETERINARIYA PREPARATLARINI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONLAR BILAN HAMKORLIK KELISHUVLARI TUZILMOQDA.




    Ayni damda universitetimiz vakillari O.Achilov, T.Taylakov, H.Niyazovlar xizmat safari bilan Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. 

   Ushbu xizmat safarining asosiy maqsadi Janubiy Koreyaning ilg‘or oliy ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish hamda veterinariya preparatlarini ishlab chiqaruvchi "GMP" kompaniyalari bilan tanishishdan iborat.

    Safar davomida universitet vakillari Janubiy Koreyaning "GREEN CROSS" veterinary products kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

    Universitet vakillarini kompaniya direktori Dr. James Rha va uning vakillari kutib oldi. 


Uchrashuv davomida kompaniya faoliyati va ularda ishlab chiqariladigan vaksinalar hamda veterinariya preparatlari to'g'risida ma'lumotlar berildi. 

    Tomonlar veterinariya preparatlarini universitetimiz brendi asosida ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib oldilar.