Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Hurmatli qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyi xodimlari!

Yangiliklar

Hurmatli qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyi xodimlari!

Hurmatli qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyi xodimlari!

Sizlarni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Qishloq xo‘jaligi — bu yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligining mustahkam poydevoridir. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, yerga bo‘lgan mehringiz va fidoyiligingiz tufayli dalalarimiz hosildor, dasturxonlarimiz to‘kin, kelajagimiz esa yanada barqaror bo‘lib bormoqda

Bugungi kunda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, chorvachilik va biotexnologiya sohalarini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida olib borayotgan samarali mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiqdir. Sizlarning tajribangiz va sa’y-harakatlaringiz yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabidir.

Ushbu kunda barchangizga sog‘liq, oilaviy baxt, ulkan zafarlar, dalalaringizga mo‘l hosil tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz doimo qadrlansin!

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita