TEXAS TECH UNIVERSITY PROFESSORI DR. DANI RAVI PROKASH BILAN RASMIY UCHRASHUV O‘TKAZDI.



    SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusov AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Texas Tech University professori Dr. Dani Ravi Prokash bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

   Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobililligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro grantlar doirasida hamkorlik qilish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

   Tomonlar oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, ilmiy salohiyatni oshirish va xalqaro reytinglarda universitetlar nufuzini mustahkamlash borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.