TAʻLIM SIFATINI ICHKI TAʻMINLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRISH



Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida, ularning idoraviy mansubligi hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonida ichki (o‘zini o‘zi) baholashni samarali tashkil etishga doir uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llanma oliy ta’lim tashkilotlarida joriy etilayotgan va amaldagi ta’lim dasturlarining davlat ta’lim standartlari hamda akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini baholash, shuningdek ularni takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirishga doir nazariy hamda amaliy tavsiyalarni qamrab oladi. Qo‘llanmada ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasi baholash yo‘nalishlari, mezonlari va indikatorlari kesimida tahlil qilish, zarur ma’lumotlarni shakllantirish hamda baholash natijalarini asoslovchi dalil va hujjatlarni aniqlash tartibi bayon etilgan. Mazkur qo‘llanma oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘linmalari mas’ullari hamda professor-o‘qituvchilari uchun ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorlashda amaliy-uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur qo‘llanma tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, oliy ta’lim tashkilotlarining taklif va mulohazalari asosida muntazam takomillashtirib boriladi.

Batafsil