"AYOL BAXTLI BO‘LSA, JAMIYAT BAXTLIDIR"



   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 8-martda “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet rektori so‘zi bilan boshlandi. Dastur davomida ayollarga mukofotlar, faxriy yorliga hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir ijodkor talabalar chiqishlari va bayram dasturxoniga ega bo‘ldi.

   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan "AYOL BAXTLI BO'LSA, JAMIYAT BAXTLIDIR" shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. 


 
   Bayram tadbirini universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov tabrik so‘zi bilan ochib, barcha mehmonlarni va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutlab, bugun jamiyatimizda ayollar va xotin – qizlarga ko‘rsatilayotgan davlat siyosati darajasidagi e’tiborni alohida ta’kidladi. 

 -Bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, jamiyatda nufuzini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda, - deya ta’kidladi rektor. - Bu xayrli ishlarning samarasini esa barcha opa-singillarimiz o‘z hayotlari, umr yo‘llari davomida his etishmoqda. Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan mehr-muhabbatni yuksak baholab, barcha sohalarda o‘z bilim va salohiyatlarini ko‘rsatmoqda, jahon arenalarida davlatimiz bayrog‘ini yanada baland tutmoqda, yer yuzidagi eng mashhur, yirik kompaniyalarda mehnat qilib, salohiyatlarini namoyish qilmoqda.

  Tadbir davomida Yoshlar masalalari va ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Alibek Gapporov tomonidan universitet rektorining buyrug‘i o‘qib eshittirildi. Unga ko‘ra, bayram munosabati bilan ta’lim maskanida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin – qizlarga pul mukofotlari ajratilganligi e’lon qilindi.

  Tadbirga universitetda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib, ayni kunda nafaqada bo‘lgan Ustozlar davraga yanada fayz kiritdilar. Ularga alohida ehtirom ko‘rsatilib, bayram sovg‘alari taqdim etildi. Ta’lim sohasida alohida xizmat qo‘rsatgan fidoyi ayollar, xotin–qizlarga universitet rektorining “Faxriy yorlig‘i” va “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oil ava xotin-qizlar qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedra mudiri Shoxista Ishniyazova “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

  Universitet ijodkor talaba-yoshlarining chiqishlari davrani jonlantirdi. Shundan so‘ng barcha mehmonlar bayram dasturxoni atrofida tadbirni davom ettirdilar.