O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 184-son qarori, mazkur qarorning 7 (a) kichik bandi hamda 2-ilova 63-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida har yili aholining turli qatlamlari, talabalar va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika eko-chempionati tashkil etib kelinmoqda.


Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida SamDVMCHBuniversitetida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” universitet eko-chempionati tashkil etildi.

.jpg)
Eko-chempionat davomida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Atrof-muhitni asrash, daraxt ekish, hududlarni obodonlashtirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish — barchamizning muhim vazifamizdir.