8-MART BAYRAMI MUKOFOT MUBORAK



   O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining 2026-yil 2-martdagi 31-sonli buyrug‘iga asosan universitetimizning Chorvachilik va texnologiyalar fakulteti Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent Ishniyazova Shoxista Ashurovna “MO‘TABAR AYOL” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.  

   Mazkur mukofotni SamDVMCHBUda  8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan "AYOL BAXTLI BO'LSA, JAMIYAT BAXTLIDIR" shiori ostida bo‘lib o‘tgan bayram tantanalarida universitet rektori, professor X.Yunusov tantanali ravishda topshirdi.

   Ishniyazova Shoxista Ashurovnani yuksak mukofot bilan muborakbod etgan holda, kelgusi ilmiy ishlarida ham omad tilab qolamiz.