Ilm-fan fidoyisi – professor M.A. Mazirov faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi

SamDVMCHBUda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan yetuk olimlarni e’tirof etish an’analari izchil davom etmoqda. Ana shunday e’tirof sifatida biologiya fanlari doktori, professor Mazirov Mixail Arnoldovichga universitetimizning “Faxriy professori” unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida universitet rektori X.B.Yunusov o‘z nutqida
“Professor Mazirov – nafaqat yuksak ilmiy salohiyat egasi, balki xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan yetuk mutaxassisdir. Ularning tajribasi va ilmiy maktabi yoshlarimiz uchun katta maktab bo‘lib xizmat qiladi” deb ta'kidladi.

Mazkur unvon olimning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari hamda yosh mutaxassislar tayyorlashdagi ulkan hissasining yuksak e’tirofi bo‘ldi.