RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASINING UNIVERSITET BOSQICHI BOSHLANDI



O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 6-martdagi  “Qo‘mita tasarrufidagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 33-i/ch-son buyrug‘I hamda Universitet rektorining 2026-yil 16-martdagi 84-son buyrug‘iga asosan Qo‘mita tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari o‘rtasida tashkil etilayotgan respublika fan olimpiadasining birinchi universitet bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan universitet rektori, professor X.Yunusov olimpiada yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazish, ularning ijodiy va ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirishga xizmat qilishini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga yuksak natijalar va ulkan zafarlar tiladi.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Elmurodov universitet rektorining buyrug‘ini oq‘ib eshittirib, olimpiadani o‘tkazish tartib-qoidalari xususida ma’lumotlar berdi.

Olimpiada quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

Hayvonlar fiziologiyasi;
Hayvonlar patofiziologiyasi;
Hayvonlar biokimiyosi;
Veterinariya zoologiyasi;
Ichki yuqumsiz kasalliklar; 
Hayvonlar morfologiyasi; 
Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
Hayvonlar genetikasi va biotexnologiyasi;
Biologiya;
Ekologiya;
Operativ xirurgiya va topografik anatomiy. 

Barcha faol, izlanuvchan va iqtidorli talabalarga ushbu nufuzli tanlovda omad tilaymiz!