YASHIL MAKON” LOYIHASI: KELAJAK AVLOD UCHUN YASHIL MUHIT



Mamlakatimizda keng qamrovli amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi ham o'z hissalarini qo'shishmoqda. Universitetning ko'ngilli volontyor talaba-yoshlarii tomonidan Oqdaryo tumanidagi o'quv tajriba  xoʻjaligi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishdi.  

Ushbu ekologik tadbir tabiatni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va kelajak avlod uchun barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi. Zero, tabiat, atrof-muhitni asrashda har birimiz avvalo, o‘zimiz, qolaversa, yaqinlarimiz, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etishimiz lozim. Zotan, bugun ekilayotgan har bir nihol, ertaga katta daraxtga aylanadi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida talabalar tomonidan 500 tup terak ko‘chatlari ekildi