22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI



SamDVMCHBUda “22-aprel – Butunjahon yer kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ekofraksiya deputatlari tomonidan “22-aprel – Butunjahon yer kuni” munosabati bilan “Yer resurslaridan oqilona foydalanish va suv tejamkorligini yaxshilashning istiqbolli yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar doirasida universitet rektori, professor X.Yunusov,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari  qo‘mitasi a’zosi Z.Raxmanova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari  qo‘mitasi a’zosi Q.Qosimova, O‘zbekiston ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi X.Muxammadiyevlar universitetning ekofaol talabalari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida universitet hududida daraxt ko‘chatlarini ekishdi.