VETERINARIYA FIDOYILARI E’TIROFI – ILM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGINING YORQIN IFODASI



 Xalqaro veterinariya kuni munosabati bilan “Veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan mutaxassislar e’tirofi sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi bo‘ldi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish hamda malakali kadrlar tayyorlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur mukofot soha xodimlarining fidokorona mehnatini qadrlash bilan birga, veterinariya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim rag‘bat sifatida e’tirof etilmoqda.