XALQARO ILMIY HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM: SAMDVMCHBUDA ROSSIYALIK OLIMLAR BILAN UCHRASHUV



2026-yil 24–27-aprel kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Rossiya Federatsiyasining L.Paster nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari — professor Nikolay Konstantinovich Tokarevich hamda katta ilmiy xodim Gelena Anatolevna Lunina tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif universitetimizning xalqaro ilmiy aloqalarini kengaytirish, ilg‘or tajriba almashish hamda zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Xususan, parazitar kasalliklarni chuqur o‘rganish, ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda olib borish, hamda universitetimiz parazitolog olimlari bilan amaliy tajriba almashish borasida kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, istiqbolda qo‘shma ilmiy loyihalar, seminar va treninglar tashkil etish orqali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirildi.

Ushbu tashrif SamDVMChBUning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.