UNIVERSITETNING YEVROPA VETERINARIYA TA’LIM MUASSASALARI ASSOTSIATSIYASI (EAEVE)GA A'ZO BO‘LISH YO‘LIDAGI MUHIM BOSQICH



   Veterinariya ta’limini Yevropa veterinariya ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi (EAEVE) standartlari asosida baholash va ushbu tizimga moslashtirish maqsadida universitetga tashrif buyurgan ESEVT eksperti, Mars kompaniyasi maslahatchisi, (London, Buyuk Britaniya) Dr. Lynne Victoria HILL hamda ESEVT koordinatori Kluj-Napoka Qishloq xo‘jaligi fanlari va veterinariya meditsinasi universitetining VEE vakili, (Ruminiya) Prof. Marina SPINUni universitetimiz rektori, professor X.Yunusov qabul qildi.

   Shundan so‘ng universitet faollar zalida ESEVT eksperti Lynne Victoria HILL hamda ESEVT koordinatori Marina SPINUlar universitet jamoasi bilan uchrash o‘tkazib, tashrifdan ko‘zlangan maqsadlari haqida to‘xtalib, universitet faoliyati, o‘qish jarayonlari bilan tanishib, Veterinariya ta’limi tashkiloti standartlariga mosligini o‘rganish va ko‘maklashish ekanligini ta'kidlab o‘tishdi.

   O‘z navbatida mehmonlarga universitetimiz tuzulishi, xalqaro nufuzi va talabalarga berilgan imkoniyatlar bilan  tanishtirildi.