Unda, Universitet rektori professor X.B.Yunusov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Farmon Toshev, M.Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston milliy universiteti professori L.A.Gafurova, Qoraqalpoq Tibbiy Fanlar ilmiy tadqiqot instituti direktori S.M Mambetullaeva, Biotexnologiya fakulteti dekani, dotsent , A.A. Nurniyozov va boshqa koʻplab professor-oʻqituvchilar mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tishi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida ishtirokchilarning har biri o‘zining soha bo‘yicha bilim va tajribalarini baham ko‘rdi hamda O‘zbekistonda biologiya, ekologiya va qishloq xo‘jaligida uchrayotgan dolzarb muammolar va ularning ilmiy-amaliy yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Universitet rektori, professor X.B.Yunusov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, konferensiya mavzusining bugungi kunda juda dolzarb ekanligini ta’kidladi. U ilm-fan, innovatsiyalar va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini aytib o‘tdi.Farmon Toshev, axborot vositalari orqali ekologik muammolarni yoritish, jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga jalb etish zarurligini ta’kidladi. Jurnalistika va fan o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ochib berdi.L.A. Gafurova,biologik xilma-xillikni saqlash va genetik resurslarni o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini taqdim etdi. Shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi ilmiy yondashuvlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.S.M. Mambetullaeva, dorivor o‘simliklar asosida tayyorlanayotgan yangi preparatlar, ularning ekologik xususiyatlari va sog‘liqni saqlashdagi roli haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, hududiy biologik resurslardan samarali foydalanish usullari haqida fikr bildirdi.A.A. Nurniyozov, Biotexnologiya fakultetda olib borilayotgan biotexnologik tadqiqotlar, ayniqsa, o‘simlik va hayvonlar genomikasidagi yutuqlar haqida to‘xtalib amaliy ishlanmalar asosida ishlab chiqarishga tadbiq qilinayotgan loyihalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.M.X.Begmatova ekologik monitoring va dorivor o‘simliklarning muhofazasi yo‘nalishidagi ilmiy ishlanmalar haqida so‘z yuritib, dars jarayonlarida zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etish zaruriyati haqida to‘xtaldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy maqolalari, tadqiqot natijalari bilan chiqish qildilar. Shuningdek, yosh olimlar uchun maxsus seksiyalar tashkil etilib, ularga o‘z iqtidorlarini namoyon etish imkoniyati berildi. Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va eng yaxshi ilmiy ishlanmalar alohida e’tirof etildi.Mazkur konferensiya fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ekologik va qishloq xo‘jaligi muammolariga samarali yechimlar topish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.