“TRANSCHEGARAVIY INFEKSION KASALLIKLARNI ZAMONAVIY DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASIDAGI DOLZARB VAZIFALAR”



    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Transchegaraviy infeksion kasalliklarni zamonaviy diagnostikasi va profilaktikasidagi dolzarb vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi. Konferensiyada transchegaraviy infeksion kasalliklarning chorvachilik, oziq-ovqat xavfsizligi, eksport va aholi faravonligiga ta’siri, shuningdek, ularni oldini olishda mintaqaviy va global hamkorlik, axborot almashish va ilmiy aloqalar ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi.
    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilib, unda veterinariya sohasining eng dolzarb va global muammolaridan biri – transchegaraviy infeksion kasalliklar borasida fikrlar almashildi.


Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov transchegaraviy infeksion kasalliklar bu hayvonlar orasida tez tarqaladigan, davlat chegaralarini tan olmaydigan va qisqa vaqt ichida katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan infeksion kasallik ekanligini ta’kidlab, bunday kasalliklar nafaqat chorvachilik tarmog‘iga, balki oziq-ovqat xavfsizligi, eksport salohiyati va aholi faravonligiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.

    Bugungi konferensiyani o‘tkazishdan maqsad ham transchegaraviy infeksion kasalliklarning oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va aholi salomatligini himoya qilishda birgalikda samarali faoliyat olib borishga undash ekanligini ta’kidlab, konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

    Shuningdek, konferensiya davomida VITI “Yosh mollar kasalliklari” laboratoriyasi mudiri, v.f.d, professor B.Elmurodov, Sankt-Peterburg veterinariya universiteti professori Eduard Djavadov, Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti professori Marxabat Kasenov va boshqalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, transchegaraviy kasalliklarga qarshi kurashish faqat bir davlat doirasida hal etiladigan masala emasligi, bu mintaqaviy va global hamkorlikni talab etadigan dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlab, axborot almashinuvi, tezkor ogohlantirish tizimlari va albatta, ilmiy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tishdi.

    Konferensiya “Transchegaraviy infeksion kasalliklarni zamonaviy diagnostikasi” va “Infeksion kasalliklarni profilaktikasidagi dolzarb vazifalar” kabi shoʻbalarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.