VETERINARIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR: ILM-FAN VA AMALIYOT UYG‘UNLASHDI



   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yuqumsiz kasalliklarni zamonaviy diagnostikasi va davolashda innovatsion yondashuv” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.

   Konferensiyaning plenar yig‘ilishida universitet rektori, professor X.B. Yunusov, “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi professori, veterinariya fanlari doktori Q.Norboyev, kafedra dotsenti, veterinariya fanlari nomzodi M.Safarovlar    Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, agrar sektor eksport potensialini oshirish, ta’lim va fan sohalari rivojlanishini, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni stimullash borasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqadigan strategik vazifalarni ro‘yobga chiqara oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganini ta’kidlandi.


Mazkur anjuman iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida soha korxonalarining ishlab chiqarishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlari, mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajribani o‘rganish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslariga qaratilishi ta’kidlab o‘tishdi.


Jahon talablariga mos innovatsion metodlar va texnologiyalarni sohaga qo‘llash orqali ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat ekanligini aytib o‘tib, anjuman ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini tahlil qilish, baholash va rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi.


Tadbir davomida veterinariya sohasida dolzarb muammolar, zamonaviy diagnostika texnologiyalari va innovatsion davolash usullari yuzasidan muhim ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Xususan, ichki yuqumsiz kasalliklar diagnostikasi, hayvonlarda modda almashinuvi buzilishlari, profilaktika choralarini takomillashtirish hamda yangi ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Konferensiya o‘z ishini sho‘ba yig‘ilishlari doirasida davom ettirib, unda yuqumsiz kasalliklarning dolzarb muammolari va veterinariya diagnostikasining zamonaviy yechimlari yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilmoqda.