SamDVMCHBU faollar zalida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida universitet rektori maslahatchisi Z.Shodmonov, universitet profilaktika inspektori A.Tojiyev, universitet psixologi O.Gulommamedova va Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i B.Sayitmurotovlar ishtirok etib, giyohvandlik va axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etish, bu kabi illatlar domiga tushib qolishning yomon holatlari haqida ma’lumotlar berib oʻtdi.
Giyohvandlikning yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta zarar yetkazishi butun jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgani, falokatga qarshi kurash hozirgi kunda global muammolardan biriga aylangani, o'zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetga chiqmasligi kerakligi xususida fikrlar bildirildi.