Joriy yilning 9-iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 601-xonada "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Zakovat" intellektual oʻyini bo'lib o'tdi.
Bunda har bir jamoadan olti nafar talabalar ishtirok etib, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini va ilmiy bilimlari "Zakovat klubi" rahbari U.Rahimov, D.Suvanova hamda "Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan baholandi.
Yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rinni Agrotexnologiya fakulteti jamoasi
2-o'rinni "Biotexnologiya" fakulteti jamoasi
3-o'rinni "Iqtisodiyot" fakulteti jamoalari egalladilar.