Tadbirda “Adolat” sosial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o'rinbosari A.Xoliqov, viloyat IIB Kibr xavfsizlik boshqarma boshlig'i o'rinbosari, kapitan J.Nuraliyev hamda viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi N.Fayziyevalar ishtirok etib, aholi ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, internet orqali tarqaladigan firibgarlik holatlari haqida ogohlantirish va ularning oldini olish haqida so'z yuritdi.



Hozirgi kunda firibgarlikning oldini olish uchun jamoatchilikni o‘qitish va internet xavfsizligi bo‘yicha muntazam ravishda treninglar o‘tkazish juda muhimligi, viloyatda firibgarlikdan 50 milliard so‘mlik zarar ko'rilganligi, fuqarolarni internet tarmog‘ida ehtiyotkorlikka chaqirgan holda, ularning himoya vositalarini doimiy ravishda yangilab turishlari haqida batafsil tushunchalar berildi.