REKTOR TALABALAR UCHRASHUVI



Bugun SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusovning Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda tashkil etilib, unda talaba-yoshlarni qiynayotgan masalalar, ta’lim sifati, amaliyot jarayonlari, ilmiy faoliyat va ijtimoiy sharoitlarga oid savollar muhokama qilindi.

Rektor tomonidan yoshlarning taklif va tashabbuslari alohida e’tibor bilan tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, xalqaro hamkorlik dasturlarida faol ishtirok etish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, ochiq muloqot formati barchada iliq taassurot qoldirdi.