Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
TADBIRLAR

Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagi yo‘lida: universitetda “Yoshlar kuni” keng nishonlanmoqda

  • Asosiy
  • Tadbirlar
  • Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagi yo‘lida: universitetda “Yoshlar kuni” keng nishonlanmoqda
Tadbirlar

Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagi yo‘lida: universitetda “Yoshlar kuni” keng nishonlanmoqda

Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagi yo‘lida: universitetda “Yoshlar kuni” keng nishonlanmoqda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy, sport va intellektual yo‘nalishlarni qamrab olgan keng ko‘lamli tadbirlar dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dasturdan turli uchrashuvlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin olgan bo‘lib, ular talaba-yoshlarning faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xususan, universitet rektori professor X. Yunusov rahbarligida tashkil etilgan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv yoshlar hayoti, ularning muammolari va takliflarini bevosita muhokama qilish uchun muhim platforma vazifasini o‘tdi. Ushbu uchrashuvda talaba-yoshlarning fikr va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

“Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib kamol topishida, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita