Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetda "Chorshanba kuni - sport kuni" doirasida "Sog‘lom hayot - faravon kelajak garovi" shiori ostida universitet professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning futbol va voleybol turlaridan “REKTOR KUBOGI” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.



Musobaqalar boshlanish avvalida universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov soʻzga chiqib barchani bugungi sport bayrami bilan tabriklab, universitetimiz ishchi-xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilayotganini taʼkidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.