Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining ochiq sport maydonida joriy yilning "Sog‘lom hayot - faravon kelajak garovi" shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasinig final bosqichi Iqtisodiyot fakulteti hamda Chorvachilik va texnologiyalar fakulteti jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Aytish joizki, bu yilgi musobaqalar o‘zgacha tarzda, kurashlarga boy bo‘ldi. Maydonda Rektorat, Chorvachilik va texnologiyalar, Veterinariya diagnostikasi va oziq-avqat xavfsizligi, Veterinariya profilaktikasi va davolash, Biotexnologiya va ekologiya hamda Iqtisodiyot fakultetlari jamoalari o‘rtasida har bir o‘yin finalga teng, qizg‘in va murosasizda tarzda kechdi.

Musobaqaning 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Rektorat va Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetlari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilib, Rektorat jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va 3-o‘rin sohibi bo‘lishdi.
Teng kurashlar ostida o‘tgan yakuniy final o‘yinida Iqtisodiyot fakulteti jamoasi Chorvachilik va texnologiyalar fakulteti jamoasidan 2:0 hisobida ustun kelib, 1-o‘rin va “Rektor kubogi”ni qo‘lga kiritdi.

Universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov jamoalarni taqdirlash marosimida ishtirok etib, mazkur musobaqa universitetimiz professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilganligini ta’kidladi.

Barcha professor-o‘qituvchilarga kelgusi ilmiy ishlarida omadlar tiladi.Jamoalar a’zolariga “Rektor kubogi”ni tantanali tarzda topshirib, rag‘batlantiruvchi esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.