SamDVMCHBUda "Chorshanba kuni - sport kuni" munosabati bilan sportning volleybol turi bo‘yicha professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlar o'rtasida “REKTOR KUBOGI” musobaqasiga start berildi.



Tadbirda universitet rektori, professor X.B.Yunusov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi. Ushbu musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad, universitetda faoliyat yuritayotgan
xodimlarni sport orqali sog‘ligini mustahkamlash va ularni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iboratdir.