Top Bar

ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
TADBIRLAR

REKTOR VA YOSHLAR: YANGI TASHABBUSLAR SARI

Tadbirlar

REKTOR VA YOSHLAR: YANGI TASHABBUSLAR SARI

REKTOR VA YOSHLAR: YANGI TASHABBUSLAR SARI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi universitet rektori, professor, akademik Yunusov Xudaynazar Beknazarovichning kirish so‘zi bilan boshlandi.


Rektor o‘z nutqida yoshlar mamlakat kelajagining hal qiluvchi kuchi ekanini ta’kidlab, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yoshlar yetakchiligi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish muhimligini qayd etdi.


Shuningdek, har bir yetakchi o‘z faoliyatida talaba manfaatlarini ustuvor bilishi, yangi g‘oyalarni ilgari surishi va aniq natijalarga erishishga intilishi lozimligini ta’kidladi.


Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi vakillari ham ishtirok etib, yoshlar bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Murojaat Jadval Qabul KPI LMS HEMIS