“Yangi O‘zbekistonda ayol qadri — jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni”
Aziz va muhtaram xotin-qizlar!
Sizlarni "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami" bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotida, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot hamda barcha sohalarda xotin-qizlarimizning o‘rni va hissasi beqiyosdir. Siz aziz ayollar o‘z mehr-muhabbatingiz, sabr-toqatingiz, fidoyiligingiz va matonatingiz bilan nafaqat oilada, balki butun jamiyat hayotida muhim o‘rin egallab kelmoqdasiz.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham xotin-qizlarimiz ta’lim-tarbiya, ilmiy izlanishlar va yosh avlodni kamol toptirish yo‘lida munosib xizmat qilib kelmoqda. Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, olimalari, fidoyi xodimalari hamda bilimga chanqoq talaba-qizlarimizning sa’y-harakatlari ilmiy va ma’naviy taraqqiyotimizning muhim omillaridan biridir.
Sizlarning bilim va salohiyatingiz, tashabbuskorligingiz hamda fidokorona mehnatingiz universitetimiz nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, barcha mo‘tabar onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, hurmatli ustozlarimizni va aziz talaba-qizlarimizni ushbu go‘zal bahoriy bayram bilan yana bir bor samimiy qutlayman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, qalbingizdan hech qachon quvonch va ilhom arimasligini tilayman. Hayotingiz doimo bahor kabi go‘zal, qalbingiz mehr va muhabbatga to‘la bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yunusov Xudaynazar Beknazarovich,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor, QR qishloq xo'jaligi akademiyasi akademigi.