Hurmatli universitet jamoasi – professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va qadrli talaba-yoshlar! Barchangizga xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi bo‘lib kelgan Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Ushbu saodatli damlarda barchamiz bu ulug' ayyomning ruhi va shukuhini chuqur his etib, el-yurtimiz bilan birgalikda shunday yorug' kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.
Xalqimiz hayotida ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik ramzi sifatida mustahkam qaror topgan Qurbon hayiti bugungi kunda biz uchun barcha sohalarda inson qadri yetakchi o'ringa chiqayotgan Yangi O'zbekistondagi keng ko'lamli islohotlar mazmuniga naqadar uyg'un va hamohang ekani bilan yanada ahamiyatli bo'lib bormoqda.
Ezgu maqsadlarimiz, niyatlarimiz amalga oshsin! Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!
Barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Duogo‘y keksalarimizning mana shunday fazilatli damlarda elu yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin!
Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Ulug' ayyom barchamizga muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Xudaynazar Yunusov,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitet rektori, professor.