Top Bar

BITIRUVCHILARNI DASTLABKI ISH JOYLARIGA YO‘NALTIRISH ORQALI KELAJAK BUNYODKORLARI KASHF QILINADI



Joriy yilning 6-aprel kuni universitet rektori rektori professor Yunosov Xudoynazar Beknazarovich rahbarligida “Biotexnologiya va ekologiya” fakultetining 134 nafar bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda bitiruvchilarning rejalashtirgan kelakdagi ish joylarini aniqlash ularni taqsimlash hamda bandlik darajasi yuzasidan suhbat olib borildi va ularga zarur boʻlgan maslahat va koʻrsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida talaba yoshlarning kelgusidagi kasbiy faoliyati, ularni ish bilan ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassis sifatida shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratililishi alohida takidlab oʻtildi. Rektor tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat siyosatida yoshlar masalasining ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangani, shuningdek, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.