Top Bar

BITIRUVCHILAR BANDLIGI DOIMIY NAZORAT VA ETIBORIMIZDA



SamDVMCHBUda joriy yilning 07-may kuni universitetni 2025-2026 o‘quv yilida tamomlashi ko‘zda tutilgan 45-nafar Magistratura bosqichi bitiruvchilari bilan ochiq muloqot va bitiruvchilar uchun ish joylariga taqsimlash hamda ularning bandligi yuzasidan seminar tashkil etildi.



Tadbirni universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori professor A.A.Elmurodov ochib berdi va universitet rektorining 2026 yil 30 martdagi 95-son “Universitetning 2026 yil bitiruvchi kunduzgi sirtqi hamda magistratura bitiruvchilarining ish joylariga taqsimlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan bitiruvchilarni ishga joylashtirish taqsimoti ma’lumoti bilan tanishtirdi va magistratura bitiruvchilari o‘z sohalari bo‘yicha hozirdan aniq ish joylariga ega bo‘lishi lozimligi buning uchun bugungi kunda barcha imkoniyatlar mavjudligi xususan O‘z milliy bankning Kelajakka qadam dasturi doirasida imtiyozli kreditlaridan kengroq foydalangan holda ilmiy faoliyatlarini davom ettirish bilan bir qatorda tadbirkorlik faoliyatlarini ham yo‘lga qo‘yish mumkinligi yuzasidan fikrlar bildirilib o‘tildi.