Top Bar

REGISTRATOR OFISI FAOLIYATI VILOYAT RAHBARLARI DIQQAT MARKAZIDA



Joriy yilning 07-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Yoshlar kuni" doirasida viloyat rahbarlari tashrif buyurdi. SDVMCHBU Registrator ofisiga Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari X.Tuxtayev tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Elmurodov hamda Registrator ofisi boshlig‘i O.S.Boymatov tomonidan Registrator ofisning tashkil etilish zaruruyati hamda faoliyati, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda halqaro sohalardagi vazifalari shuningdek bugungi kundagi “Yagona darcha” tamoyili asosida barcha talabalarga, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga ko‘rsatilayotgan onlayn hamda oflayn holatdagi xizmatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.