Joriy yilning 19-may kuni Biotexnologiya fakulteti "Biologiya, ekologiya va dorivor o'simliklar" kafedrasi dotsenti M.X. Begmatovaning Biotexnologiya fakulteti 60812100-Dorivor o'simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabalari uchun "Xalq tabobati dorivor o'simliklari fanidan "Qoqi va qalampir yalpizning tarkibi, tuzilishi, xalq tabobatida ishlatilishi "mavzusidagi ochiq ma'ruza darsi bo'lib o'tdi.
Ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, talabalar uchun juda qiziqarli va foydali bo‘ldi.
Dotsent M.X. Begmatova mavzuni nafaqat nazariy, balki amaliy misollar orqali ham yoritib berdi. Qoqi va qalampir yalpizning kimyoviy tarkibi, ularning shifobaxsh xususiyatlari, xalq tabobatida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Talabalar dorivor o‘simliklarning inson salomatligiga ijobiy ta’sirini chuqurroq anglab, dars davomida faol ishtirok etishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Ustoz esa har bir savolga chuqur ilmiy yondashgan holda, sodda va tushunarli tarzda javob berdi. Dars jarayonida interaktiv metodlar qo‘llanilib, talabalar bilimini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ochiq dars nafaqat ilmiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo‘lib, yosh mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Talabalar bu kabi darslarning kelgusida ham muntazam tashkil etilishini mamnuniyat bilan tilga olishdi.