WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

SAMDVMCHBU AKADEMIK LITSEYIDA “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDA KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI.




Konferensiya oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylarda zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb masalalari va ularning yechim va istiqbollari, akademik litseylarda aniq, tabiiy, ijtimoiy fanlar hamda xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari yo‘nalishlarida olib borildi.

     Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusov konferensiya mavzusining dolzarbligi va ahamiyatiga to‘xtaldi hamda uning faoliyatiga omad tiladi.

    Shuningdek, rektor mamlakatimizda uzluksiz ta’lim jarayonini bosqichma-bosqich rivojlantirib, takomillashtirib borish davlatimiz siyosatining eng muhim vazifalaridan biriga aylangani, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va akademik litseylar tashkil qilingani, yangi formatdagi mazkur o‘quv muassasalarini tashkil etishdan maqsad ilg‘or texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng tadbiq etgan holda, bilim olishda dunyo yoshlari bilan raqobatga kirisha oladigan, yetuk kadrlarni shakllantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

     Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston ta’limida dunyo bilan raqobatlasha oladigan kadrlarni tayyorlashda pedagog-o‘qituvchilarning o‘rnini alohida ta’kidladi.

    Shu o‘rinda uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘ini Oliy ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy usullarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotgani, oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan strategik maqsad va vazifalar keyingi bir necha o‘n yilliklarga mo‘ljallangan talab va ehtiyojdan kelib chiqib, oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash masalasini ham qamrab olganligini aytib o‘tdi.

     Shuningdek, konferensiya shoʻbalarga bo‘lingan holda bir qator akademik litseylar ijrochi direktorlari, kafedra mudirlari va fan o‘qituvchilari mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.