WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHALARIDA KADRLAR TAYYORLASH SIFATINI OSHIRISHNING USTUVOR VAZIFALARI” IV-RESPUBLIKA OʻQUV-USLUBIY SEMINARI




Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universitetida “Veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishning ustuvor vazifalari” IV-Respublika oʻquv-uslubiy seminari boʻlib oʻtdi  

    Oʻquv-uslubiy seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Samarqand viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari, universitetning Nukus va Toshkent filiallari direktorlari, fakultet dekanlari va professor-oʻqituvchilari hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlovchi 10 dan ortiq turdosh oliy taʻlim muassasalari va texnikumlarning rahbar va masʻul xodimlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari va masʻul xodimlari hamda 50 dan ortiq ish beruvchi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

    Ushbu seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qaroriga muvofiq, Qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi tomonidan 2025-2026-yillarda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha universitetda veterinariya meditsinasi, veterinariya sanitariya ekspertizasi, veterinariya farmarsevtikasi, zooinjeneriya va chorvachilik sohalari bo‘yicha ishlab chiqilayotgan kasbiy standartlar keng muhokama qilindi va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.