Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Samarqand viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyat filiali, Samarqand viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda hududiy tuman bo‘limlari hamkorligida “Karyera kuni” o‘tkazildi.
Bugungi kunda Universitetda jami 5805 nafar talaba mavjud bo‘lib shundan 860 nafari bitiruvchi bosqich talabalari hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining shu yil 14-fevralda qabul qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbir doirasida Respublikadagi 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar vakillari bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
“Karyera kuni”da ish beruvchi tashkilotlar tomonidan universitet bitiruvchi bosqich talabalarga o‘zlarida yaratilgan sharoitlar, ishlash uchun talab qilinadigan malaka va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Buning natijasida 502 nafar talabalar bilan shartnomalar imzolashga erishildi.