KASABA UYUSHMALARINING VAKOLATLARI HAMDA VAZIFALARI QANDAY?



   “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” dastur doirasida O‘zbekiston Agrosanoat majmui kasaba uyushmasi vakillari, kasaba uyushmalari tizimi, ularning vakolatlari, xodimlarning huquqlari hamda ijtimoiy himoya masalalari Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda batafsil tushuntirildi. Tadbir davomida universitetda talaba uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘rsatildi.


   O‘zbekiston Agrosanoat majmui kasaba uyushmasi xodimlari tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislarining Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mutaxassislar tomonidan shu haqda batafsil ma’lumot berildi.


Uchrashuv O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining yaqin istiqbolda amalga oshiriladigan harakatlar dasturida ustuvor yo‘nalishlardan biri “Yangi O‘zbekiston-yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish hamda joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etishning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

   Mazkur uchrashuvda ishtirok etgan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Musulmanov Asxat Baxtiyarovich, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Sanayev Turg‘un Beknazarovich. Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri Begimqulova Shoxida Bazarbayevnalar kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari insonning munosib hayot kechirishini va erkin rivojlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirishda, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini va tirikchilik uchun zarur bo‘lgan narsalarning eng kam miqdorini belgilashda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi, aholi bandligini ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etishi mumligini haqida ma’lumotlar berishdi.

   Ishtirokchilar tadbir davomida universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan zamonaviy o‘quv xonalari, o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.