ESEVT EKSPERTI LYNNE VICTORIA HILL HAMDA ESEVT KOORDINATORI MARINA SPINULAR UNIVERSITET O‘QUV-ILMIY LABORATORIYALAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI



   Veterinariya ta’limini Yevropa veterinariya ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi (EAEVE) standartlari asosida baholash va ushbu tizimga moslashtirish maqsadida universitetga tashrif buyurgan ESEVT eksperti, Mars kompaniyasi maslahatchisi, (London, Buyuk Britaniya) Dr. Lynne Victoria HILL hamda ESEVT koordinatori Kluj-Napoka Qishloq xo‘jaligi fanlari va veterinariya meditsinasi universitetining VEE vakili, (Ruminiya) Prof. Marina SPINU universitetidagi Jahon hamda Islom taraqqiyot banklari tomonidan yetkazib berilgan “Mikrobiologiya va virusologiya”, “Mahsulotlarni qayta ishlash”, “Biotexnologiya”, “Farmakologiya va toksikologiya”, “Gematologiya”, “Patomorfologiya”, “Ozuqa tahlili va zoogigiyena”, “Parranda, baliq va asalari kasalliklari”, “Veterinariya mutaxassislarini malakasini oshirish markazi” kabi zamonaviy  veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar sohasiga tegishli  o‘quv-ilmiy laboratoriyalar hamda Simulyatsion markazi, Anatomiya muzeyi, Veterinariya klinikasi  va Ilmiy innovatsion markaz (Mega Loyiha) faoliyati bilan tanishdi.

   Tanishuv jarayonida mazkur laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasi, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish tizimi hamda zamonaviy diagnostika uskunalaridan foydalanish holatini ko‘zdan kechirdi. Laboratoriyalar uskuna va jihozlaridan ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonida samarali foydalanish ishlari bilan yaqindan tanishib, o‘z maslahatlarini berishdi.