Top Bar

KADR BUYURTMACHILARI BILAN INTERVYU O‘TKAZILDI



Tashrif davomida ekspertlar tomonidan yangi ochilishi ko‘zda tutilgan ta’lim dasturlari yo‘nalishida kadrlarga ehtiyoji mavjud bo‘lgan ta’lim muassasalari va soha tashkilotlari vakillari bilan “Kadr buyurtmachilari bilan intervyu” tashkil etildi.

Uchrashuvda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, yangi ta’lim dasturini ochishning dolzarbligi, mazkur dastur bo‘yicha mehnat bozorida mavjud ehtiyoj, kadr buyurtmachilarining dasturni ishlab chiqish jarayonidagi ishtiroki hamda bitiruvchilardan kutilayotgan kasbiy kompetensiyalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Suhbat jarayonida ta’lim dasturining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, ish beruvchilar talablariga mos malakali kadrlar tayyorlash hamda bitiruvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.