Mamlakatimiz bo‘ylab Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlanib, korxona-tashkilot va ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bundan maqsad Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarni, tinch-osoyishta hayot, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib unumli mehnat qilayotgan ustozlarni qadrlash va shu orqali tinchligimizning shukronasini qilishdan iboratdir. Bu esa kishini ma’nan rag‘batlantiradi, elu yurtga sadoqat, qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi.

.jpg)

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda bu yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Tadbir universitet madaniyat saroyida davom ettirilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov barchani bayram bilan tabriklab, Xotira va qadrlash kuni, deb nom olgan bu sana yurtimizda umumxalq bayramiga, haqiqiy anʼanaga aylanib qolgani, xotira va qadrlash tushunchalari asl milliy qadriyatlarimizga javob berib, ota-bobolarimizdan qolgan ham diniy, ham insoniy urf-odatlarimiz ekanligini taʼkidladi.



9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizning osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan hamda faxriy Baynalminalchi jangchilari, hozirgi kunda universitetimizda faoliyat yuritayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Universitet ijodkor yoshlari tomonidan yangragan kuy-qoʻshiqlar esa tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.